O‘zbekiston | 19:34 / 26.07.2017
6022
2 daqiqa o‘qiladi

Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi reglament bo‘yicha aniqlanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 520-son qarori bilan Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat e'lon qilinganidan keyin 18 oydan so‘ng amalga kiritiladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Texnik reglament talablari ro‘yxat bo‘yicha oziq-ovqat va nooziq-ovqat yog‘-moy mahsulotlari uchun majburiy hisoblanadi. Hujjat nosanoat ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarilgan yog‘-moy mahsulotlariga tatbiq etilmaydi.

Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

•  sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
•  ishlab chiqarish jarayoniga talablar;
•  qadoqqa talablar;
•  saqlashga talablar;
•  tashishga talablar;
•  muomalaga chiqarishga talablar.

Yog‘-moy mahsulotlarini identifikatsiyalash va muvofiqligini baholash, namunalarini tanlash va sinovdan o‘tkazish masalalari  alohida bob bilan tartibga solinadi.

Texnik reglament joriy qilingunga qadar Milliy sertifikatlashtirish tizimi bilan o‘rnatilgan qoidalar qo‘llaniladi. U kuchga kirgunga qadar olingan  sanitariya-epidemiologik xulosalar va muvofiqlik sertifikatlari ularda ko‘rsatilgan muddat mobaynida amal qilishda davom etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid