Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandning kollejga o‘qishga borishiga monelik qilish jarimaga sabab bo‘ladi
SAVOL: Kollejda ikkinchi bosqichda o‘qiyman. Ota-onam chet elda. Menga qarab turishi uchun uydagilar amakimni biriktirib qo‘yishgan. Ammo amakim mening darslarga borishimga qarshilik qilmoqda. Bunday holatda javobgarlik belgilanganmi?
Iroda ABDULLAYeVA,
Chilonzor tumani
JAVOB: Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Demak, amakingizning Sizni darslardan qoldirishga haqqi yo‘q. Buning uchun qonun oldida javobgarlik belgilangan.
Savolga Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji yuristi Nurali BOYPO‘LATOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025