Jahon | 09:49 / 26.07.2017
3837
1 daqiqa o‘qiladi

Globo: Braziliyada yersiz dehqonlar qishloq xo‘jaligi vazirining dala hovlisini to‘sib qo‘yishdi

Foto: EPA

Braziliya yersiz dehqonlar harakatining 500 ga yaqin a'zosi mamlakat qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va ta'minlash vaziriga tegishli fazendani egallab olishdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda

Gap borayotgan yer uchastkasi Matu-Grosu shtatida joylashgan. Vazirga tegishli bo‘lgan Amaggi kompaniyasi ushbu hududda soya donlari yetishtiradi. Norozilik bildirayotgan yersiz fuqarolar agrar islohotlar o‘tkazishni va mamlakat prezidenti Mishel Temerga nisbatan korrupsiya ayblovlari ilgari surilgani tufayli uning iste'fosini talab qilishmoqda.

Fazendaning egallab olinishidan hech kim jabrlanmagan. Amaggi vakillariga ko‘ra, ular egallab olingan hududni bo‘shatishni so‘rab sudga murojaat qiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid