Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy xo‘jaligi sharoitida chorvachilikdan olingan daromad soliqqa tortiladimi?
SAVOL: Biz o‘z hovlimizda ko‘p yillardan buyon chorvachilik bilan shug‘ullanib, daromad olamiz. Mazkur daromadlarimizga soliq solinadimi?
Tilak OBRO‘YeV,
Toshkent viloyati
JAVOB: Soliq kodeksiga ko‘ra, uy xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni tirik yoki so‘yib sotganda sanoatda qayta ishlashdan tashqari xom yoki qayta ishlangan holda olingan daromadlar, chorvachilik, dehqonchilik, asalarichilik mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solishdan ozod qilinadi. Mazkur holatda tegishli mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan shu shaxsga yoki uning oila a'zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etilgan holatda soliq solishdan ozod etiladi.
Savolga Bektemir tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh yuriskonsulti
Behzod NOSIROV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi
20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
12:24 / 06.04.2025