Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AskDoctor.uz sayti sizni go‘zalroq qiladigan plastik jarrohni topdi

Tashqi ko‘rinishingizda o‘zingizning ko‘nglingiz to‘lmagan jihatlar, to‘g‘rilanishi va chiroyliroq qilinishi kerak bo‘lgan tomonlar bormi? Bu haqda anchadan beri o‘ylab yuribsiz-u, kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi? Klinikaga bormay turib, sizga yordam bera oladigan shifokorni izlab topish va undan saytdagi maxsus chat orqali bepul konsultatsiya olishga nima deysiz? Bunda sizga AskDoctor.uz va u bilan faol hamkorlik o‘rnatgan “EstiMED” klinikasi yordam beradi. Saytga kiring va u yerda siz uchun topib qo‘yilgan plastik jarrohlar ro‘yxati bilan tanishing.

AskDoctor.uz o‘zi nima?
Askdoctor.uz sayt va Android hamda iOS operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarida mamlakatdagi xususiy klinikalar va ularning malakali shifokorlari ma'lumotlar bazasi mavjud. Tibbiy xizmatlardan foydalanish oddiy bosqichlarda:
- osongina ro‘yxatdan o‘ting;
- barcha mutaxassisliklar bo‘yicha o‘nlab klinikalarning yuzlab vrachlari haqida to‘liq ma'lumot oling;
- saytda/mobil ilovada taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanib istagan shifokoringiz bilan bog‘laning;
- masofadan turib ulardan birlamchi maslahat oling;
- vanihoyat ularning qabuliga onlayn ravishda yozilib qo‘ying.
AskDoctor.uz saytida siz tanishishingiz mumkin bo‘lgan klinikalardan biri “EstiMED” plastik jarrohlik klinikasi hisoblanadi.


Plastik jarrohlik masalasi nozik, uni ishonchli tibbiyot muassasasi bilan hal qilish zarur. Jahon toifasidagi mutaxassislar, malakali xodimlarni o‘z jamoasida to‘plagan “EstiMED” plastik jarrohlik klinikasi shu nuqtai nazardan eng ma'qul manzil.
“EstiMED” klinikasi mana 13 yildan oshiqroq vaqtdan beri insonlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, ularda mavjud nuqsonlarni tuzatish bilan shug‘ullanib kelmoqda.


Klinikada liposaksiya, yuz plastikasi, rinoplastika va blefaroplastika hamda yuzni yoshartirish, terapevtik va ortopedik stomatologiya kabi yo‘nalishlarda sifatli xizmat ko‘rsatiladi.
Klinikaning eng yangi va o‘ziga xos texnologiyalardan foydalangan holda ko‘plab insonlarga nafi tegayotgan bo‘limlaridan biri – litotripsiya markazidir.

Bu markazda buyrakdagi toshlarni ultratovush muolaja orqali olib tashlash xizmatlari ko‘rsatiladi. Masofaviy to‘lqin-zarbali litotripsiya buyrak va siydik nayidagi toshlarni jarrohlik amaliyotisiz davolashning eng zamonaviy usuli hisoblanadi. Bunda ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiya apparatlarining yangi modellaridan foydalaniladi.


Bunday turdagi sifatli xizmatlardan foydalanish albatta ma'lum miqdordagi xarajatlarni talab qiladi. Shunday chiqimlar uchun sarf qiladigan pulingizni tejash imkoniyati haqida ham AskDoctor.uz loyihasi o‘ylab qo‘ygan. AskDoctor.uz innovatsion tibbiy kartasiga ega bo‘ling va chegirmalarni qo‘lga kiriting.
Tibbiy kartalarni “EstiMED” klinikasida olishingiz va Askdoctor.uz sayti yoki ko‘rsatilgan telefon raqamlar orqali faollashtirib, bemalol ishlatish mumkin.
Klinika xodimlarining bir shiori bor: Biz sizni yoshartirmaymiz. Biz sizni jozibador qilamiz.
Ma'lumot uchun:
+99871-271-23-07
+99871-271-23-08
Bizning veb sahifa: www.askdoctor.uz
PlayMarket (Android): http://bit.ly/askdoctor-for-android
AppStore (iOS): http://bit.ly/askdoctor-for-ios
Facebook: http://bit.ly/AskDoctor-in-facebook
Telegram: http://bit.ly/AskDoctor-in-Telegram
YouTube: http://bit.ly/AskDoctor-in-YouTube
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022