Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Tayvan kompaniyasi AQShda fabrika qurishga 10 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Tayvanning Foxconn kompaniyasi AQShning Viskonsin shtati hududida fabrika qurishga 10 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press. Kompaniya dunyodagi elektron ehtiyot qismlarning eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi hamda Apple uchun qurilmalar tayyorlaydi.
Ta'kidlanishicha, fabrikaning qurilishi tufayli taxminan 3 ming ish o‘rni yaratiladi. Oq uydagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tayvan fabrikasi SK-displeylarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Foxconn fabrikasining o‘z hududida qurilishi huquqi uchun yettita Amerika shtati kurash olib bordi, deya qo‘shimcha qiladi agentlik. Natijada uni Viskonsinda joylashtirish haqida qaror qabul qilindi, biroq aniq joy qayerda ekani noma'lum.
Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Apple korporatsiyasini texnika ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishga majburlashi haqida va'da bergandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025