Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek futboli yulduzi Mendeta, Jan-Per Papen va Krespo bilan bir jamoada to‘p suradi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Ekspo-2017 Kubogi futbol musobaqasi bo‘lib o‘tadi. U Ekspo-2017 Butunjahon ko‘rgazmasiga bag‘ishlanadi. Musobaqalar “Ostona Arena”da 5-6 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Xabar qilinishicha, futbol bahslarida O‘zbekistonning eng mashhur futbol yulduzlaridan biri Azamat Abduraimov ham ishtirok etadi.
Jahon termasi tarkibi quyidagi futbolchilardan iborat: Aleksandr Shovkovskiy (Ukraina), Vensan Kandela (Fransiya), Aldair (Braziliya), Jyeremi Njitap (Kamerun), Muhsin Muhamadiyev (Tojikiston), Yari Litmanen (Finlyandiya), Gaiska Mendeta (Ispaniya), Jan-Per Papen (Fransiya), Ernan Krespo (Argentina), Azamat Abduraimov (O‘zbekiston).
Italiya termasi esa quyidagi o‘yinchilardan tashkil topdi: Marko Balotta, Simone Bragliya, Franchesko Koloneze, Luiji Di Byadjo, Andjyelo Karbone, Stefano Eranio, Dino Badjo, Anjyelo Di Livio, Marko Delvekkeo, Petro Verxovod.
Musobaqada rossiyaliklar sharafini esa quyidagi futbolchilar himoya qiladi: Aleksandr Filimonov, Dmitriy Xlestov, Dmitriy Sennikov, Axrik Tsveyba, Yevgeniy Aldonin, Konstantin Golovskoy, Valeriy Karpin, Roman Shirokov, Sergey Kiryakov, Viktor Bulatov va Marat Izmaylov.
Mavzuga oid
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi
19:54 / 12.02.2025