Jahon | 22:11 / 30.07.2017
10035
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Alyaskada THAAD tizimi sinovini o‘tkazdi

Foto: AP Photo / PRNewsFoto/Lockheed Martin

AQSh Alyaskada raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi THAAD sinovini o‘tkazdi, deb AQSh harbiy amaldorlariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi NBC News telekanali.

Avvalroq Alyaskadagi sinovlar 29 iyulda bo‘lib o‘tishi aytilgan edi. AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati kemalardan 29 iyulda  hamda 30 va 31 iyulda Tinch okeanining Kadyak va Gavayi orollaridagi suv xavzasini chetlab o‘tishni so‘ragan. 

Raketalarga qarshi mudofaa agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy samolyotlaridan biri ballistik raketa uchirgan, uni raketalarga qarshi mudofaa tizimi ushlab olgan.

Telekanalning ma'lum qilishicha, bu sinovlar AQShga “oshib borayotgan xavfdan bir qadam oldinda qolishda” yordam beradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid