Jahon | 10:00 / 30.07.2017
8657
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada terakt ro‘y berdi

Foto: AP

Nigeriya shimolida terrorchi-xudkushlar o‘zini portlatishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Mahalliy kuchlar ma'lumotlariga ko‘ra, terakt Mayduguri shahridan sharqda sodir etilgan. 

Ko‘ngillilarning aytishicha, yana kamida 20 kishi jarohat olgan.

Ta'kidlanishicha, odamlarni voqea joyidan evakuatsiya qilish telefon aloqasi yo‘qligi va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sababli darhol o‘tkazilmagan.

Iyunda Nigeriyada xudkushlar hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid