Sport | 19:50 / 30.07.2017
15135
2 daqiqa o‘qiladi

Shomurodov debyut qilgan uchrashuvda «Rostov» ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Rossiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda «Amkar» klubi «Rostov»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida mehmonlar vakili Zuyev tomonidan kiritilgan yagona gol «Rostov»ga g‘alaba keltirdi. Bu jamoaning bu mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Ahamiyatli tomoni uchrashuvning 88-daqiqasida «Rostov» tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. Shomurodovning Rossiya chempionatidagi debyutiyoq samarali chiqishi mumkin edi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 2-daqiqada Shomurodov qarshi hujumda jamoadoshi Karen Bayramyanni darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga olib chiqqandi. Biroq Bayramyanning zarbasi noaniq chiqdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Rostov» hisobidagi ochkolar soni 4taga yetdi va jamoa 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Amkar» esa ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham yutqazib so‘nggi o‘rinlarda qolmoqda.

RFPL, 3-tur

Amkar – Rostov 0:1 (0:0)
Gol: Zuyev (66).
Amkar:
 Nigmatullin, Sivakov, Konde, Milkovich, Idovu, Ryazantsev, Gigolayev (Balanovich, 74), Gol, Komolov (Kostyukov, 69), Bodul (Gasilin, 80), Prokofev.
Rostov: Pesyakov, Parshivlyuk, Vilyush, Ingason, Ustinov, Zuyev (Bayramyan, 67), Gatskan, Kalachev (Mayer, 76), Yusupov, Mevlya, Dyadyun (Eldor Shomurodov, 88).
Ogohlantirishlar: Yusupov (81), Gol (90+2).

Mavzuga oid