Mourino Fellaynining sotilishi haqidagi xabarga o‘z uslubida munosabat bildirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Marvon Fellaynining «Galatasaroy»ga o‘tishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
«Galatasaroy» Fellaynini olishdan ko‘ra, meni olishi osonroq. Agar ularga murabbiy kerak bo‘lsa meni qo‘lga kiritish varianti bor. Ammo Fellaynini emas. Yaxshisi uni unutishsin. U menga va jamoaga juda zarur», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.
Biroz avvalroq istanbulliklar klubi manchesterliklarning belgiyalik futbolchisi bilan muzokara o‘tkazayotgani xabar qilingandi.
Fellayni jamoa bilan 2018 yilgacha amal qiluvchi shartnomaga ega.
Mavzuga oid

11:41 / 18.04.2025
Remontada «Old Trafford»da bo‘ldi. «MYu» 7 daqiqada uchta gol urib yarimfinalga chiqdi

20:42 / 03.04.2025
Mourinio yana hunar ko‘rsatdi – uni Turkiyadan ketishga chaqirishmoqda

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

12:35 / 17.02.2025