Sport | 08:07 / 31.07.2017
6546
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Neymar «PSJ»ga transferi doirasida 2 avgust kuni tibbiy tekshiruvdan o‘tadi

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga transferidan avval 2 avgust kuni tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Marca ma'lumotiga ko‘ra, o‘yinchi o‘sha yerda parijliklar prezidenti Nosir Al-Helayfi bilan ham uchrashadi.

Bundan tashqari, Neymar «PSJ»ga o‘tadigan bo‘lsa, Fransiya klubiga egalik qiluvchi Qatar Sports Investments kompaniyasi bilan ham shartnoma imzolaydi. Neymar buning doirasida Qatardagi jahon chempionati elchisi bo‘ladi hamda besh yil ichida taxminan 300 mln yevro mablag‘ ishlab oladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «PSJ» Neymarni 222 mln yevro evaziga xarid qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid