Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Qatarning haj ziyorati bo‘yicha talabini “urush e'lon qilish” deb atadi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Qatarning musulmonlarning Makkaga haj ziyoratini baynalmilallashtirish haqidagi talabi qirollikka qarshi “urush e'lon qilinishi” hisoblanishini aytdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
“Qatarning muqaddas joylarni baynalmilallashtirish talabi tajovuzkorlik va qirollikka qarshi urush e'lon qilish hisoblanadi”, deb aytdi al-Jubayr.
Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni muqaddas joylarni baynalmilallashtirish ustida ishlayotgan istalgan mamlakatga javob berishga haqli.
Shu bilan birga Qatar bunday talabni qo‘yganining hech qanday rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Biroq Qatar Ar-Riyod Makkaga haj safarini siyosiylashtirganini eslatib o‘tgan, vaholanki islom boshqa dinlar kabi muqaddas joylar va hajni o‘tkazishda siyosat yo‘qligini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025