Jahon | 08:40 / 31.07.2017
3344
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida tinchlikparvar kuchlar va terrorchilar o‘rtasidagi otishmada 24 kishi qurbon bo‘ldi

Foto:Al Jazeera

Somali davlatida Afrika Ittifoqi tinchlikparvar kuchlari harbiylarining «Ash-Shabab» terrorchilik guruhi jangarilari bilan otishmada 24 kishi o‘ldirildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Qurolli to‘qnashuv 30 iyul kuni ertalab amalga oshirilgan. Bunga jangarilarning Somali janubidagi Quyi Shabella mintaqasida xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiylarga hujum qilgani sabab bo‘ldi.

«Biz otishma bo‘lgan joyda AMISOM (African Union Mission in Somalia)ning 23 askari va Somalining bir harbiy xizmatchisiga tegishli jasadni topdik», — degan Quyi Shabella gubernatori o‘rinbosari Ali Nur.

Afrika Ittifoqining mintaqaviy tinchlikparvar missiyasi 2007 yili boshlangan va hozirgi vaqtgacha davom etib kelmoqda. 

Uning maqsadi hukumat kuchlariga terrorchilar va jinoyatchilarga qarshi kurashni o‘rgatish hamda mamlakatga gumanitar yordamlarni keltirish uchun xavfsiz sharoitlarni ta'minlashdan iborat. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid