Jamiyat | 15:46 / 31.07.2017
75038
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek nonlari Nyu-Yorkda: ikki yigit okeanortini hayratga solmoqda (Video)

Foto: "Kun"

Qimirlagan qir oshar. Ha, bu naql bejiz aytilmagan. Ko‘pni ko‘rgan dono o‘zbek xalqi hayotning asl haqiqatlarini yaxshi tushunib kelgan va o‘z tajribalarini yangi avlodga oltin meros sifatida qoldirgan. Bugun mana shu naqlning nechog‘li hayotiy ekanligiga guvoh bo‘ldik.

Bugun tahririyatimizga Amerika Qo‘shma Shtatlaridan maktub keldi. Ona yurtga va tahririyat ijodkorlariga yo‘llangan salomdan so‘ng, maktub egasi o‘zi haqida yozib yuborgan. Ilyos Murodov va Alisher Ziyodov tomonidan bitilgan maktubda bu ikki do‘st tomonidan Nyu-Yorkda joylashgan Bruklinda o‘zbek nonlari sotuvini yo‘lga qo‘yishgani, barcha ishni o‘z tashabbus va mehnatlari evaziga yo‘lga qo‘yishgani yozib yuborilgan”.

“Ish boshlaganimizga bir hafta bo‘ldi. Kundan kun talab oshib boryapti. O‘zbek nonlariga mahalliy aholida ham qiziqish uyg‘ongan”, deb yozadi maktub egalari. Ma'lum bo‘lishicha, nonlar Toshkent uslubida pishirilmoqda.

Yigitlarning bu ishlariga omad tilagan holda, bir hikmatni aytib o‘tishni lozim bildik. Avvalo, rizq berish Yaratganning irodasiga bog‘liq jarayon. Berilgan rizqni bandasi, albatta, topib yeydi. Ikkinchidan hayotdan, jamiyatdan, odamlardan, tuzumdan va yana allanarsalardan nolib yashash ham bandasiga xos bo‘lmagan fazilatdir. Buning yorqin misolini yuqorida keltirilgan taqdirlarda ham ko‘rib turibmiz. Ilyos Murodov va Alisher Ziyodovning ishlariga esa butun mamlakat nomidan faqat va faqat omad, baraka va yaxshilik tilab qolamiz.

Mavzuga oid