Jamiyat | 21:58 / 31.07.2017
13124
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining ijtimoiy tarmog‘dagi maxsus sahifasi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi maxsus sahifasi o‘z faoliyatini boshladi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur sahifada Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining nutqlari, intervyulari, turli tadbirlardagi mu'ruzalari, shuningdek, yoshlar hayotiga taalluqli eng so‘nggi xabar va yangiliklar joylashtirib boriladi.

Shuningdek, sahifa Markaziy Kengash raisi Qahramon Quronboyevning ijtimoiy tarmoqdagi virtual qabulxonasi sifatida yoshlarning savol, taklif hamda konstruktiv mulohazalarini qabul qiladi va ularga tegishli javoblar berib boriladi.

Shu bilan birga, aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining “Fuqarolar qabulxonasi” o‘z faoliyatini boshladi. Unga bevosita yoki (0371) 241-00-50 telefon raqamlari hamda 1093 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali murojaat qilish imkoniyati mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid