Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 yoshli shaxmatchi Javohir Sindarov yana bir xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
Chexiya Respublikasining Pardubitse shahrida shaxmat bo‘yicha 28-Chex open 2017 xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Komil Sindarov xabar berdi.
Jahonning 54 davlatida 100 yaqin xalqaro grossmeystrlar, xalqaro shaxmat ustalari ishtirok etayotgan mazkur nufuzli musobaqada shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilari Javohir Sindarov ("A" guruhi) hamda Fayzullo Halimonovlar ("S" guruhi) ishtirok etishmoqda.
Festival doirasida o‘tkazilgan blits turnirida 130 ga yaqin tajribali shaxmatchilar orasida iste'dodli sportchimiz 11 yoshli Javohir Sindarov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, shaxmat mutaxassislari e'tiboriga sazovor bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025