Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada simulyatsiya ishlatganlar uchun keskin choralar ko‘riladi
Angliya futbol assotsiatsiyasi yangi mavsumdan boshlab, uchrashuv davomida simulyatsiya ishlatgan futbolchilar uchun qat'y choralar ko‘radi. Tashkilot bu kabi jazolar futbolchilarni hakamni aldashdan tiyilishga majbur qiladi, deb hisoblamoqda.
Bu kabi holatlar simulyatning raqibga qizil kartochka ko‘rsatilishiga olib kelganda (jumladan ikkinchi sariq tufayli qizil kartochka ko‘rsatilganda – Tribuna.Uz izohi), yoki penalti belgilanganda ko‘rib chiqiladi.
Xabar qilinishicha, simulyatsiya ehtimoli bor vaziyatlar maxsus komissiya tomonidan o‘yin tugaganidan so‘ng 48 soat mobaynida ko‘rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga sobiq futbolchi, hakam va murabbiylar kiritiladi. Diskvalifikatsiya bo‘yicha qaror bir ovozdan qabul qilinganidagina kuchga kiradi.
Shunga o‘xshash qoidalar Shotlandiyada allaqachon joriy etilgan, ammo u yerda diskvalifikatsiya qarori bir kishiga bog‘liq bo‘ladi.
Angliyada yangi qoidalar 4 avgustdan, nufuzi bo‘yicha ikkinchi liga sanalgan chempionshipning 1-turidan boshlab kuchga kirishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:25 / 21.02.2019
Klopp yirik miqdorda jarimaga tortildi
21:43 / 03.01.2019
Osiyo Kubogida simulyatsiya bilan o‘yin vaqtini cho‘zganlik uchun alohida jazo belgilandi
16:40 / 16.07.2017
O‘yin vaqtida pirog yegan ingliz darvozaboniga ayblov e'lon qilindi
12:33 / 01.06.2017