Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Buxoro, Zarafshon va Navoiy abonentlari uchun 4G tarmog‘ini ishga tushirdi
Eng yirik aloqa operatori Beeline Buxoro, Zarafshon va Navoiy abonentlari uchun LTE tarmog‘i ishga tushirilgani haqida xabar berdi.
“To‘rtinchi avlod tarmog‘i abonentlarga xizmatlar va Internet tezligining avvaldagidan ham yuqori bo‘lgan yangi sifatini ochdi. Beeline bu jarayonda faol ishtirok etmoqda va O‘zbekistonning yirik shaharlarini LTE tarmog‘i bilan qoplamoqda”, — deydi Unitel’ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori G‘ulom Ortiqov.
4G tarmog‘ining ishga tushirilishi bilan Beeline abonentlarida yanada qulay imkoniyatlar paydo bo‘ldi: mobil vositalar orqali HD-videolarni tomosha qilish, yo‘lda onlayn-musiqani tinglash, «og‘ir» fayllar bilan uzoqdan turib ishlash, yuqori sifat va tezlikni talab qiladigan videoqo‘ng‘iroqlar.
Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:43 / 13.05.2025