Jamiyat | 21:20 / 01.08.2017
7483
2 daqiqa o‘qiladi

Qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan qonun loyihalari qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining vakillari mazkur yig‘ilishda ishtirok etishdi. Ular qonun loyihalari muhokamalarini katta qiziqish bilan kuzatishgan.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihalarining muhokamasi jarayoni milliy parlamentimiz tarixida ilk bor «O’zbekiston» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Jamoatchilikning qonun loyihalari muhokamasiga bo‘lgan katta qiziqishini inobatga olib, ushbu qonun loyihalarining eng dolzarblarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida  joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Bunda internet foydalanuvchilari quyidagi qonun loyihalari yuzasidan o‘z fikrlari, takliflari va tavsiyalarini bildirishlari mumkin.

— «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»;

— «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»;

— «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to‘g‘risida»

— «O‘rmon to‘g‘risida (yangi tahriri)».

Fikrlar, takliflar va tavsiyalarni yo‘llash uchun elektron pochta manzillari veb-saytning «JAMOATChILIK MUHOKAMASIGA QO‘YILGAN QONUN LOYIHALARI» bo‘limida ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid