Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada namoyishlar boshlanganidan beri 120 dan ortiq inson hayot bilan vidolashdi
Venesuelada norozilik namoyishlari boshlanganidan beri 120 dan ortiq inson halok bo‘ldi, yana 1,9 mingdan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Luisa Ortega Dias xabar berdi, deya ma'lum qilmoqda EFE.
«So‘nggi to‘rt oyda qayg‘uli balansga egamiz – 121 kishi halok bo‘ldi, 1958 inson turli darajada tan jarohatlarini oldi», - deya ma'lum qildi u.
Avvalroq Venesueladagi norozilik namoyishlarida 13 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Amerika Qo‘shma Shtatlari esa Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi «demokratiyaga putur yetkazganligi» uchun sanksiyalar e'lon qildi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025