AQSh grin-karta lotereyalaridan voz kechishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan RAISE immigratsiya qonun loyihasi AQShda yashash huquqini beruvchi grin-karta viza lotereyalaridan voz kechish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uy bayonotida aytib o‘tilgan.
“RAISE qonun loyihasi shubhali iqtisodiy va gumanitar manfaatlarga xizmat qiluvchi viza diversifikatsiya lotereyasining eskirgan tizimini tugatmoqchi”, deb aytilgan arizada.
Diversity Visa dasturi yordamida 1990 yildan beri har yili 55 ming muhojir AQShda yashash uchun tanlab olinadi. Viza olish uchun ingliz tilidan muayyan ta'lim darajasi va uquviga ega bo‘lish hamda AQSh davlatining «gardanida o‘tirish” niyati yo‘qligiga ishonch hosil qildirish kerak. Lotereyada AQShga har yili 50 mingdan muhojirni yuboruvchi davlatlar qatnashmaydi. Shu sababli joriy yilda lotereyada Bangladesh, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Gaiti, Dominikan Respublikasi, Hindiston, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Peru, Salvador, Filippin, Janubiy Koreya va Yamayka aholisi qatnashishlariga ruxsat berilmagan.
Rossiya aholisi 2005 yildan 2010 yilgacha lotereyada qatnasha olmagan. Biroq 2011 yildan boshlab Rossiyadan AQShga emigratsiya pasaygan va rossiyaliklar yana lotereyada o‘ynash imkonini qo‘lga kiritganlar.
O‘zbekistonliklar bir necha yillardan beri grin-karta lotereyasida ishtirok etib kelmoqdalar va har yili o‘rtacha 1,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritmoqda.
Mavzuga oid
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024
AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshga to‘ldi
09:50 / 01.10.2024