Jahon | 08:30 / 02.08.2017
4271
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh senati FQBning yangi direktori nomzodini tasdiqladi

AQSh kongressi yuqori palatasi Kristofer Rey nomzodini Federal qidiruvlar byurosi rahbari lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Uning nomzodiga 92 senator ovoz bergan, besh nafari qarshi chiqqan, ular orasida demokratlar Kirsten Jillibrand, Elizabet Uorren, Ron Uayden, Ed Marki va Jyeff Merkli bor.

Kristofer Rey. Foto: RT

Kristofer Rey kichik Jorj Bush prezidentligi vaqtida AQSh bosh prokurori o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida FQB rahbari Jyeyms Komini o‘z lavozimidan ozod etdi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid