O‘zbekiston | 20:23 / 03.08.2017
10593
2 daqiqa o‘qiladi

Yetakchi tashkilotlar va madaniyat muassasalari o‘rtasida “Do‘stlik klubi” tashkil etiladi (ro‘yxat)

3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, yetakchi tashkilotlar bilan ma'lum bir madaniyat va san'at muassasalari o‘rtasida “Do‘stlik klubi” tashkil qilinadi.

Qayd etilishicha, Milliy bank O‘zbekiston davlat konservatoriyasini otaliqqa olsa,

Olmaliq tog‘-kon metallurgiya zavodi Madaniyat va san'at institutiga,

Xalq banki O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasiga,

“Oziqovqatsanoatxolding” Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambliga,

“O‘zbekkimyosanoat” Milliy teatrga,

“O‘zbekneftegaz” Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga,

“O‘zbekmetallurgiya kompaniyasi” Drama teatriga,

“O‘zsanoatqurilishbank” Muqimiy nomidagi musiqali teatrga,

Axborot texnologiyalari vazirligi Yosh tomoshabinlar teatriga,

“O‘zagrosug‘urta” rus drama teatriga,

Yoshlar ittifoqi Yoshlar teatriga,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” yangi tashkil etiluvchi Satira teatriga,

“Aloqabank” “Tomosha” bolalar teatriga,

“Mikrokreditbank” “Diydor” teatr studiyasiga,

“Asakabank” Bastakorlar uyushmasiga,

“O‘zvinosanoatxolding” Rassomlar uyushmasiga,

“Ipotebank” Raqs va xoreografiya san'ati maktabiga,

“O‘zdonmahsulot” Milliy rassomchilik va dizayn institutiga,

“O‘zavtosanoat” “O‘zbekkino”ga,

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga “Do‘stlik klubi” orqali ko‘mak beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid