Fan-texnika | 23:21 / 03.08.2017
45507
2 daqiqa o‘qiladi

Mashinani 1,5 yil kutish - restoranda gamburgerni 1,5 soat kutish bilan barobardir

Foto: Bryan Logan/Business Insider

Tesla kompaniyasi mijozlari 2016 yil o‘rtasidan beri arzon Model 3 elektromobiliga bo‘lgan 63 ming buyurtmani bekor qilishdi. Ilon Mask 2017 yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha konferensiyada shu haqda so‘z yuritdi, deb yozmoqda Business Insider nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, Model 3 elektrokariga berilgan buyurtmalar soni 518 mingdan 455 mingtaga tushgan. Maskning qayd etishicha, bu kamayish Tesla kompaniyasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi, chunki kompaniya ilk Model 3 mashinalari ishlab chiqarilganidan so‘ng, kompaniya kuniga 1800 ta yangi mashinaga buyurtma oladi. 

Maskning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya buyurtmalar sonini oshira oladi, ammo mashinalarga navbat kattaligi sababli bu ishni amalga oshirmaydi. 

«Masalan, siz restoranda ishlaysiz va gamburgerlar sotasiz. Ammo, mijozlar bir yarim soat navbatda turishsa — shundan keyin ham siz navbat cho‘zilishini xohlaysizmi?» — deya misol keltirgan Mask. 

2017 yil may oyida u Model 3 modelining salohiyatli xaridorlarining fikrini o‘zgartirishga urinib ko‘rgan edi. Mask avtomobil arzon bo‘lishini, ammo Model S kabi sifatli bo‘lmasligini aytgandi.

Business Insider nashriga ko‘ra, agar siz Model 3 sedaniga 2017 yil avgustida buyurtma bersangiz, 2018 yil oxirida mashinangizni olasiz. 

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni esa 1 kundan 4 oygacha muddatda xarid qilish mumkin, (kamida).

Mavzuga oid