Tashqi ishlar vazirligi Issiqko‘lda o‘zbekistonliklar ishtirokida ro‘y bergan YTH bo‘yicha ma'lumot berdi
3 avgust kuni Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Qizil-O‘ruk qishlog‘ida taxminan soat 11:30da «Baliqchi-Cho‘lponota-Qorako‘l» avtomobil yo‘lining 17-kilometrida mikroavtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi elchixonasi ma'lumotiga asoslanib, O‘zbekiston TIV sayti xabar berdi.
Olingan ma'lumotlarga binoan mikroavtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida 9 kishi jarohatlandi. Ulardan 4 nafari, jumladan bir bola – O‘zbekiston fuqarolaridir.
O‘zbekiston elchixonasi mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqa o‘rnatdi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, jarohatlangan 9 kishining hammasi Baliqchi shahridagi hududiy kasalxonaga yetkazilgan. Ayni paytda YTH joyida tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda.
Elchixona Konsullik bo‘limi tomonidan jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlanmoqda va ularga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar qo‘llanmoqda.
Bundan avvalroq YTH oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati keltirilgandi:
1. Yelena O., 1976 yilda tug‘ilgan. Ahvoli barqaror.
2. Veronika O., 2006 yilda tug‘ilgan. Ahvoli barqaror
3. Igor O., 2006 yilda tug‘ilgan. Ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
4. Lyudmila O., 1952 yilda tug‘ilgan. Ahvoli barqaror.
Mavzuga oid
10:47 / 07.11.2024
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi
18:44 / 02.10.2024
Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi
09:21 / 04.06.2024
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi
20:48 / 18.08.2023