Jahon | 11:09 / 04.08.2017
5714
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Falastinga ajratib kelayotgan moliyaviy yordamini to‘xtatib qo‘ymoqchi

3 avgust kuni AQSh Senati qo‘mitasi Falastin muxtoriyatiga har yili ajratilayotgan 300 million AQSh dollari miqdordagi moliyaviy yordamni to‘xtatib turishga qaror qildi.

Gap shundaki, amerikalik huquq asoschilari moliyaviy ko‘mak tajovuzkor jinoyatlarni amalga oshirish uchun sarflanmoqda, deb hisoblaydi. Senat Xalqaro munosabatlar qo‘mitasidagi senatorlarning 17 nafari bu qarorni ma'qullagan. Qonun loyihasi Teylor Fors (Taylor Force Act) nomi bilan atalgan bo‘lib, u o‘tgan yili Isroilda o‘ldirilgan AQSh fuqarosi hisoblanadi.

Qaror qonun kuchiga kirishi uchun Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma'qullanishi kerak. Falastin tomonidan so‘ralayotgan harakat bu - terroristik guruhlarga a'zo, jinoyat sodir etgani uchun qamoq jazosida bo‘lgan yoki Yaqin Sharqda nizolar tufayli vafot etganlarning oila a'zolariga har oylik stipendiya mablag‘larini berishni to‘xtatish kerak. AQSh senatorlarining fikricha, bunday holat kelgusi avlod ongida ham g‘azab va intiqomga ishtiyoq oshiradi.

Mavzuga oid