Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanidagi poliklinikida o‘g‘rilik qilgan ayol ushlandi
2017 yilning 31 iyul kuni taxminan soat 14:00larda Nargiza Ergasheva o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yashnobod tumani hududida joylashgan poliklinikada bo‘la turib, shu yerda yo‘lakda fuqaro Nadejda Kupchenko (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tomonidan qarovsiz qoldirilgan, ichida 260.000 so‘m hamda 600 AQSh dollari miqdoridagi pullari bo‘lgan hamyonini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
19:57 / 14.04.2025
Toshkentning Yashnobod tumanida okeanarium quriladi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025