Jahon | 07:53 / 04.08.2017
6598
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada havoga uchirilgan pufak Floridada aniqlandi

Foto: DR

Mart oyida Parij yaqinidagi shifoxonadan havoga uchirilgan pufak 7 ming km uzoqlikda – AQShning Florida shtatida aniqlangan. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

15 mart kuni Montesson kommunasidagi shifoxonada bolalar bayrami doirasida shifoxona manzili yozilgan kartochkalar mahkamlangan ko‘plab pufaklar uchirilgandi.

Ta'kidlanishicha, 18 ta pufak bir necha kundan keyin shifoxonadan 137 km uzoqlikda aniqlangan.

Pufaklardan biri Florida shtatidagi Tampa shahrida aniqlangan va u yerdan bu haqda 29 iyulda maktub kelgan.

Parij meteorologik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Loran Perronning aytishicha, pufak AQShga taxminan 10 kunda yetib borgan bo‘lishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid