Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi chat-botlar XXR kommunistik partiyasiga qarshi “isyon ko‘tardi”

Xitoyning Tencent telekom-kompaniyasining ikkita chat-boti o‘chirib qo‘yildi. Bunga ular Xitoy Xalq Respublikasi kommunistik partiyasiga qarshi chiqa boshlashgani sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Mashable.
BabyQ va XiaoBing chat-botlari mahalliy messenjer integratsiya qilindi va ko‘p o‘tmay Xitoydagi siyosatga qarshi boruvchi javoblar bera boshladi. Xususan “Senga kommunistik partiya yoqadimi?” degan savolga botlar rad javobini berishgan, ulardan biri esa “mening xitoycha orzum – Amerikaga ketish” deya ma'lum qilgan.
Avvalroq Facebook sun'iy ongni "shaxsiy tili" paydo bo‘lgani sababli o‘chirib qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025