Neymar «Barselona» bilan videomurojaat orqali xayrlashdi
«Barselona»dan «PSJ» safiga borib qo‘shilgan braziliyalik hujumchi Neymar o‘zining qarorini tushuntirib berdi va sobiq klubi, jamoadoshlari hamda muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
«Men bugungi kun uchun matn tayyorladim. Sportchining hayoti chaqiruvlardan iborat. Ularning ba'zilari bizga osonlik bilan beriladi, qolgani esa qarorlarimizdan kelib chiqadi. Ular hayotimizni yorqinlashtiradi, ammo faoliyatimiz qisqa. «Barselona» men uchun chaqiruvdan ham ko‘proq narsani anglatardi. Bu videoo‘yinlar orqali yulduzlar bilan o‘ynagan bir bolakayning bolalik orzusi bo‘lgandi.
21 yosh paytimda yangi chaqiruvni bajarish uchun Kataloniyaga kelgandim. Klubdagi ilk kunlarimni hozirgacha juda yaxshi eslayman. Kiyinish xonasida Messi, Valdes, Xavi, Inesta, Puyol, Buskets va boshqa yulduz timsollar bilan bir bo‘lganimni hech qachon unutmayman. Klubdan ko‘ra buyukroq bo‘lgan jamoada o‘ynash uchun navbatimni kutganman. «Barselona» Kataloniyaning haqiqiy yuzi.
Menda o‘zim ko‘rgan eng yaxshi sportchilar bilan to‘p tepish imkoniyat bo‘ldi. Hayotimda Messidan yaxshirog‘ini uchratmasligim aniq. U maydonda va uning tashqarisida menga do‘st bo‘ldi. Lionel va Suares bilan birga erishish mumkin bo‘lgan barcha sovrinni qo‘lga kiritgan trioga aylandik. Biz unutilmas onlarni boshdan kechirdik. Men shahardan ko‘ra kattaroq bo‘lgan joyda yashadim. Barselona vatanimga aylandi. Barselona va Kataloniyani yaxshi ko‘raman.
Biroq menga har qanday sportchi kabi chaqiruvlar kerak. Hayotimda ikkinchi marotaba otamning qaroriga qarshi chiqdim. Dada, sizni tushunaman va fikringizni hurmat qilaman, ammo o‘z qarorimni qabul qildim va meni doimgidek qo‘llab-quvvatlashingizni istayman. «Barselona» va Kataloniya doimo qalbimda qoladi, ammo menga yangi chaqiruvlar kerak. Yangi cho‘qqilarni egallash va klubga sovrinlar yutish uchun «PSJ» taklifini qabul qildim.
Ammo menga sportchi sifatida yangi chaqiruv zarur edi. Hayotimda ikkinchi bor o‘z otamning xohishiga qarshi bormoqdaman. Ota, men sizni yaxshi tushunaman va qaroringizni hurmat qilaman, ammo men qarorga keldim va meni xuddi oldingi paytlarda bo‘lgani kabi qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman.
«Barselona» va Kataloniya har doim mening qalbimda qoladi, ammo menga yangi chaqiruv kerak bo‘lgandi. Men qandaydir yangi yutuqlarga erishish, jamoaga muxlislar orziqib kutayotgan sovrinlarni yutishda ko‘maklashish uchun «PSJ» taklifini qabul qildim. «PSJ» faoliyatimdagi keskin chaqiruv bo‘ldi, ammo men bunday sinovga tayyor ekanimni his qildim.
«Barselona»ning ajoyib muxlislariga va birga to‘p surgan o‘yinlarimizda ko‘p narsa o‘rgatgan jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Endi ketish vaqti kelganini yuragimdan his qildim. «PSJ» yaqin bir necha yil ichida mening yangi uyim bo‘ladi. Ishonchni oqlash uchun ter to‘kib ishlayman va bu men uchun faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Muxlislar, do‘stlarim, hayotimda yordam bergan professionallarning qo‘llab-quvvatlashiga inobatga olaman, albatta. Bu juda qiyin qaror, ammo 25 yoshimda uni qabul qildim», - degan Neymar o‘zining Instagram tarmog‘idagi videomurojaatida.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024