Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 bosh qoramolni sotib olib, ustama foizlari bilan qaytarishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Yangiyo‘l tumanida 2016 yilning may oyidan shu kunga qadar bir necha fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste'mol qilib, moddiy manfaatdorlik evaziga olgan pullarini ustama foizlari bilan qaytarib berishini aytib, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Yangiyo‘l tumanida 1981 yilda tug‘ilgan M.M. firibgarlik yo‘li bilan, 1981 yilda tug‘ilgan A.I. va 1978 yilda tug‘ilgan O‘.E.larni ishonchini suiste'mol qilib, «12 bosh qora mollarini sotib olib, pullarni 12 oy muddatda ustama foizlari bilan qaytarib beraman» – deb aldab, A.I. va O‘.E.larga 62.000.000 so‘m pullarni shu kunga qadar bermagan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025