Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Illinoys shtatida Obamaning tug‘ilgan kuni bayram sifatida nishonlanadigan bo‘ldi
AQShning Illinoys shtati gubernatori Bryus Rauner 4 avgust shtat hududida AQShning sobiq prezidenti Barak Obama kuni deb e'lon qilinishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Huffington Post nashri xabar bermoqda.
"Har yili 4 avgust "Barak Obama kuni" sifatida nishonlanadi. Bu kun o‘zining faoliyatini Illinoys odamlariga xizmat qilishdan boshlagan va o‘z hayotini amerikaliklar huquqini himoya qilishga va jamoalar orasida ko‘priklarni yo‘lga qo‘yishga baxshida qilgan AQShning 44-prezidentiga bag‘ishlanadi", deb aytilgan farmonda.
Bayram federal bayram hisoblanmaydi, shu sababli barcha davlat muassasalari bu kun ishlaydi.
Obama 1961 yilning 4 avgustida Gavayida tug‘ilgan. U AQSh prezidenti bo‘lib saylanguncha Illinoys shtatidan federal senator hisoblangan.
Mavzuga oid
19:51 / 20.02.2025
O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?
18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
22:17 / 17.10.2024