O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yangi vazifalar belgilab berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining yangi vazifalarini belgilab berdi. Prezident tomonidan 2017 yil 4 avgustda imzolangan farmonda shu haqda so‘z boradi. Hujjat Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Prezidentning PF-5134 farmonida qayd etilishicha, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining yetarli darajada ishlamayotgani tufayli qishloq va suv xo‘jaligi boshqaruvida qator hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda. Bu esa sohani jadal rivojlantirishni ta'minlash va samaradorligiga salbiy ta'sir etmoqda.
Qishloq xo‘jaligini boshqarishning mavjud tizimi agrar sohada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida samaradorlikni oshirish va bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan tuzilmaviy o‘zgarishlar borasidagi zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Zamonaviy zaxira va suv tejamkor agrotexnologiyalarni joriy qilish, sohani modernizatsiya va texnik ta'minlashga yetarli e'tibor berilmayapti. Ta'lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining integratsiyasi, agrar sohada innovatsion ilmiy ishlanmalarni joriy qilish past darajada saqlanib qolmoqda.
Suv xo‘jaligini boshqarish tizimida kamchiliklar mavjud. Suv zaxiralaridan samarali va ratsional foydalanish zarur darajada ta'minlanmayapti.
Agrar soha infratuzilmalar tizimi yetarli rivojlanmagan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarining past samaradorligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning huquq va qonuniy manfatlarining buzilishi, past sifat va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori tariflariga olib kelmoqda.
Shu munosabat bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining vazifalari va yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan.
Sohani kompleks modernizatsiya qilishga qaratilgan yagona agrotexnik va suv xo‘jaligi siyosatini yuritish, fan-texnika yutuqlari, zamonaviy zaxira, suv tejamkor agrotexnologiyalar, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilish;
Qishloq xo‘jaligini jadal va barqaror rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq aholisining bandligi va daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqaror qiymatini saqlashga qaratilgan maqsadli, sohaviy va hududiy kompleks dasturlarni ishlab chiqish;
Qishloq xo‘jaligi sohasiga xorijiy sarmoyalar va texnik ko‘mak berish (grant) mablag‘larini jalb qilish, ulardan loyihaviy boshqaruv qoidalariga muvofiq samarali foydalanishni ta'minlash;
Suv zaxiralarini boshqarish tizimi va qoidalarini takomillashtirish, ularning tejamkorlik va ratsional foydalanilishini ta'miinlash, sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi inshootlari, gidrotexnika qurilmalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish;
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatib kelayotgan infratuzilmalar faoliyatini bozor qoidalari va mexanizmlari asosida tubdan takomillashtirish;
Ta'lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tizimli asosda integratsiyasini ta'minlash, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kabilar belgilangan.
Bunda vazirlikka yuklatilayotgan vazifalar va faoliyat yo‘nalishlarini sifatli va to‘liq ta'minlash yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzayevga shaxsiy mas'uliyat yuklanishi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi turli sohaviy kengashlarga barham berish ham belgilangan.
Shu bilan birga, vazirlik huzurida Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish Markazi tashkil etish taklifi ma'qullangan.
Quyisirdaryo, Quyiamudaryo va Zarafshon havzalari irrigatsiya tizimlari negizida Quyisirdaryo, Sirdaryo-Zarafshon, Quyiamudaryo, Amudaryo so‘l sohili, Zarafshon, Quyizarafshon havzalari irrigatsiya tizimlari boshqarmalarini barpo etish bilan qayta tashkil etish nazarda tutilgan.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish Fondini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish Fondiga aylantirish belgilangan.
Mavzuga oid
15:02
O‘zbekiston Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi
13:55 / 18.11.2024
Niderlandiyada o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
20:46 / 07.11.2024