Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston paviloni Ekspo-2017'da eng ko‘p kishilar tashrif buyurgan joylardan biriga aylandi
Ostonadagi EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni eng ko‘p kishilar tashrif buyurgan joylardan biriga aylandi.
Bu haqda pavilon rahbari Muhammadhoji G‘apporov «Anadolu»ga xabar bergan. Ma'lum qilinishicha, ko‘rgazma ochilganidan beri o‘zbek paviloniga Qozog‘iston poytaxti va mehmonlaridan 250 ming nafari tashrif buyurgan.
Maydoni 1,3 ming kv. m. bo‘lgan ikki qavatli pavilonda O‘zbekistonning muqobil energetika sohasidagi muvaffaqiyatlari, o‘zbek olimlarining ishlanmalari taqdim etilgan.
G‘apporovning eslatishicha, Ostonadagi ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar elektromobillar hamda quyoshli batareyalardagi mashinalar, shuningdek, robotlar va ekouylar bilan tanishishi mumkin. Uning ishonch bildirishicha, yaqin orada bunday loyihalar kishilarning har kunlik hayoti bir qismiga aylanadi.
Pavilon rahbarining ta'kidlashicha, O‘zbekiston quyosh energetikasi salohiyati 51 mln tonna neft hajmi bilan barobar, shamol quvvati imkoniyatlari esa 360 mln tonna neftdan ortiqni tashkil etadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida, jumladan, avtomobil sanoatida ham quyosh energiyasidan foydalanilmoqda.
G‘apporov O‘zbekiston avtomobil sanoati imkoniyatlariga e'tibor qaratgan. «Har yili mamlakatimizda 200 ming avtomobil ishlab chiqariladi. 2030 yilga kelib ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning taxminan 49 foizi yoqilg‘ining muqobil turlarida ishlaydigan bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Fotojamlanma: “Ostona Ekspo-2017”: dunyoni kim nima bilan hayratga solmoqda?
Mavzuga oid
16:29 / 15.05.2025
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
16:03 / 30.01.2025
Ostona va Toshkent o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshdi
16:46 / 03.01.2025