Video: Avtomobil yo‘lidan yugurib ketayotgan karkidon tarmoqda mashhur bo‘lib ketdi
Hindistonning Assam shtatida avtomobillar serqatnov bo‘lgan yo‘ldan yugurib ketayotgan karkidon videoga olindi. Rolik BBC News’ning Twitter’dagi sahifasida 4 avgust kuni e'lon qilindi. Videoga bir sutka ichida 3,8 ming layk bosildi va u 2,4 mingdan ortiq repost qilindi.
Hind karkidoni (bir shoxli karkidon) – Osiyoda hajmi bo‘yicha fildan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning og‘irligi 2,5 tonnaga yetishi mumkin. So‘nggi yuz yilda uning tarqalgan joylari juda qisqardi, bu hayvonlar faqatgina Pokiston, Sharqiy Hindiston va Nepalda yashaydi. Ularning barchasi qo‘riqlanuvchi hududlarda yashaydi, sababi brakonerlar uchun juda katta qiziqish tug‘diradi.
Mavzuga oid

19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

20:44 / 01.04.2025