Xitoylik investor «MYu» aksiyalarini sotib olmoqchi
Xitoylik milliarder «Manchester Yunayted» hissadorlaridan biriga aylanmoqchi.
The Times nashrida xabar qilinishicha, ismi oshkor etilmayotgan investor klubning mustaqil aksiyadorlari bilan «MYu»dan ulushga ega bo‘lish imkoniyatlari borasida gaplashgan.
«MYu» aksiyalarining 80 foizidan ortiqroq qismiga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi aksiyalarining bir qismini sotishga rozi.
2015/16 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted» dunyoning eng serdaromad futbol klubi bo‘lgandi. Klub «Real»ni ortda qoldirgan. Madridliklar keyingi 11 mavsumda bu borada yetakchilik qilishgandi. Xalqaro auditorlik kompaniyasi Deloitte ma'lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi o‘tgan mavsumda 689 mln dollar ishlab topgan. Shu bilan birga «Manchester Yunayted» Angliyaning eng sovrindor klubi deb tan olingan. Klub — 20 karra mamlakat chempioni, 12 karra Angliya Kubogi sohibi, 5 marta Liga Kubogida zafar quchgan, Chempionlar ligasida 3 marta g‘olib chiqqan.
Angliyadagi klublar keyingi yillarda futbolchilarning narxi keskin o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Ingliz jamoalari o‘tgan yil yozidagi transferlar vaqtida yangi futbolchilar uchun jami 1 mlrd funtdan ortiq mablag‘ sarflagan.
Mavzuga oid
16:05 / 08.11.2024
«Old Trafford»da «Amorim-bol»: Yangi murabbiy qo‘l ostidagi «MYu» qanday taktik yechimlar taqdim etadi?
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024