Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy liga. Arveladze debyut uchrashuvida ochko yo‘qotdi. «Nasaf»da g‘alaba, «Bunyodkor»da durang
O‘zbekiston chempionatining 16-turidan o‘rin olgan yana uch uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navoiyda «Qizilqum» Shota Arveladzening «Paxtakor»ini qabul qilgan bo‘lsa, Jizzaxda «So‘g‘diyona» «Bunyodkor» bilan kuch sinashdi. Qarshida «Nasaf» turning markaziy uchrashuvini «Qo‘qon»ga qarshi o‘tkazdi.
Navoiyda oliy ligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan Shota Arveladze jamoasi bilan durangga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi. Avvaliga Suhrob Nurilloyev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Otabek Zokirov ikkinchi bo‘limda farqni yo‘qqa chiqardi. Shunga qaramay, «Paxtakor» g‘alabani qo‘lga kiritishi mumkin edi. Biroq Tiago Bezerra hakam belgilagan penaltini noaniq bajardi va natijada o‘yinda yakuniy hisob 1:1 ko‘rinishini oldi.
Jizzaxda esa «So‘g‘diyona» Igor Shkvirin boshchiligadagi dastlabki o‘yinida Mirjalol Qosimovning «Bunyodkor»iga qarshi saf tortdi va o‘yinda 90 daqiqa mobaynida gol kiritilmadi.
«Nasaf» esa «Qo‘qon» bilan kechayotgan sovrinli o‘rinlar uchun o‘rinda kim kuchliroq ekanini amalda isbotlab qo‘ydi. Mehmonlar darvozasini uch bor ishg‘ol qilgan Berdiyev shogirdlari yirik hisobdagi g‘alabani tantana qilishdi.
Ushbu natijalaradan keyin «Nasaf» 29 ochko to‘pladi va «Qo‘qon»dan (27 ochko) ikkinchi o‘rinni tortib oldi. «Paxtakor» esa 25 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. «Bunyodkor» 22 ochko bilan 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Qizilqum» 21 ochko bilan 10-o‘rinda joylashgan. Shkvirin qo‘l ostiga o‘tgan «So‘g‘diyona» esa 18 ochko bilan 13-pog‘onani band etib turibdi.
Oliy Liga, 16-tur
«Qizilqum» – «Paxtakor» 1:1 (0:1)
Gollar: Otabek Zokirov (51) – Suhrob Nurulloyev (13).
Noaniq penalti: Tiago Bezerra (64, Paxtakor)
«Qizilqum»: Artyom Makosin, G‘ayrat Jumayev, Shukurali Po‘latov, Fayzulla Qambarov, Sherali Jo‘rayev (Nodirxon Kamolov, 81), Erkin Boydullayev (s), Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, Samandar Shodmonov (Akrom Bahriddinov, 89), Otabek Zokirov, Maksim Yurku (Bekzod G‘anijonov, 61).
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Sherzod A'zamov, Marko Simich (s), Davron Hoshimov, Azimjon Ahmedov, Gidi Kanyuk (Jamshid Iskanderov, 85), Tiago Bezerra, Sherzod Karimov (Zabihillo O‘rinboyev, 87), Suhrob Nurulloyev (Doston Ibrohimov, 77), Igor Sergeyev.
Ogohlantirishlar: Maksim Yurku (2), Suhrob Nurulloyev (14), Marko Simich (61),
«So‘g‘diyona» – «Bunyodkor» 0:0
«So‘g‘diyona»: Muzaffar Abdullayev, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, G‘ayrat Umirov (Sarvarjon Jo‘rayev, 71), Izzatilla Abdullayev (Shohrux Dostonov, 80), Ixtiyor Toshpo‘latov, Qahramon Bahodirov (Azamat Isroilov 63), Sherzod Jalilov, Sardor Qahhorov, Sardorbek Eminov, Umidjon Qodirov.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Akramjon Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov (Vohid Shodiyev, 70), Vadim Chemirtan (Shahzodbek Nurmatov, 57), Dostonbek Hamdamov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Shohrux Gadoyev (Farruh Ikromov, 77), Davronbek Umirov, Otabek Shukurov.
Ogohlantirishlar: Elyor Orifov (59), Muzaffar Abdullayev (81) — Dostonbek Hamdamov (56), Davronbek Umirov (73), Shahzodbek Nurmatov (81)
Chetlatish: Davronbek Umirov (90+1, Bunyodkor)
«Nasaf» – «Qo‘qon-1912» 3:0 (2:0)
Gollar: Sharof Muhitdinov (3), Dragan Cheran (40), Golban (87).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Odil Hamrobekov, Sharof Muhitdinov (Bobir Abduxoliqov, 80), Shahboz Erkinov (Islom Rashidxonov, 70), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (G‘olib G‘aybullayev, 90), Umarbek Eshmurodov.
«Qo‘qon-1912»: Nikita Ribkin, Jalil Kimsanov (Quvondiq Ro‘ziyev, 46), Jamshid Hasanov, Javohir Sidiqov, Doniyor Hasanov (Andrey Sidorov 65), Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov (Nosir Otaqo‘ziyev, 46), Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Murod Holmuhammedov, 99. Filip Rayyevats.
Ogohlantirish: Doniyor Hasanov (53, Qo‘qon)
Mavzuga oid
20:31 / 25.11.2017
Mirko Yyelichich Marat Bikmayevga «Real» qiziqib qolishi mumkinligini aytdi
16:55 / 19.11.2017
Oliy liga. «Lokomotiv» - ikki karra chempion! Kumush medal uchun yil to‘qnashuvida «Nasaf» g‘olib
16:25 / 19.11.2017
«Lokomotiv» - chempion!
19:38 / 16.11.2017