Jahon | 20:30 / 07.08.2017
5074
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi

Foto:aa.com.tr

Falastin islom harakati (XAMAS) delegatsiyasi Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda XAMAS bayonotida ma'lum qilindi.

Tehronda o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar Falastin va Al-Aqso masjidi uchun umumiy dushmanga qarshi kurashda hamkorlik yo‘llarini muhokama qilishgan. 

"Eron Falastin muammosidagi fikrini o‘zgartirmagan. Tehron XAMAS va Falastinning boshqa guruhlari bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda Falastin xalqiga ko‘mak berishda davom etadi", deb aytgan Zarif uchrashuv vaqtida.

Uning aytishicha, Eron Falastin va islom olami birdamligini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha kelishmovchiliklarni unutishga tayyor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid