Sport | 18:58 / 07.08.2017
30406
1 daqiqa o‘qiladi

Uzreport Meyvezer-MakGregor jangini jonli efirda namoyish etadi

26 avgustdan 27 avgustga o‘tar kechasi Las Vegas shahrida butun jahon sport olamidagi eng shov-shuvli voqea ro‘y beradi. Professional boks tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri Floyd Meyvezer katta ringga qaytmoqda. Unga qarshi UFC tarixidagi ikki vazn toifasidagi chempion Konor MakGrekor ringga chiqadi.

Uzreport telekanalining Facebook’dagi sahifasida ma'lumot berishicha, MakGregor va Meyvezer o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang jonli efirda namoyish qilinadi. 

Telekanal boks kechasini lisenzion translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. AQShda 26 avgust kuni tunda, Toshkent vaqti bilan 27 avgust kuni soat 8:30 dan boshlab jangning translyatsiyasini ushbu telekanal efirida tomosha qilish mumkin.

Avvalroq boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Makgregor bilan shug‘ullanishdan bosh tortgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid