Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: O‘zbekiston termasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan, yakunda ishtirokchi bokschilarining barcha — 10 nafari Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston terma jamoasi 6 avgust oqshomida Germaniyaga jo‘nab ketdi.
25 avgust kuni Gamburg shahrida Jahon chempionati start oladi. Oldindagi 18 kun davomida o‘zbekistonlik bokschilar Germaniyaning o‘zida mundialga tayyorgarlik ko‘radi.
Boks federatsiyasi faqatgina yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 10 bokschi emas, balki ularga o‘rinbosar bo‘lishi kutilayotgan zaxira bokschilariga ham Germaniyaga tashrif buyurish imkoniyatini yaratib bergan. Asosiy tarkib vakillari sparring raqiblar bilan tayyorlanadi.



O‘zbekiston termasi
1. Hasanboy Do‘stmatov (1993 y)
2. Jasur Latipov (1991 y)
3. Murod Ahmadaliyev (1994 y)
4. Elnur Abduraimov (1994 y)
5. Iqbol Xoldorov (1997 y)
6. Shahram G‘iyosov (1993 y)
7. Isroil Madrimov (1995 y)
8. Bektemir Meliqo‘ziyev ( 1996 y)
9. Sanjar Tursunov (1998 y)
10. Bahodir Jalolov (1994 y)



Sparring raqiblar:
11. Mironshoh Ibragimov (1996 y)
12. Abrorjon Qodirov (1995 y)
13. Abdulhay Shorahmatov (1996 y)
14. Sherbek Rahmatullayev (1996 y)
15. Aliyor Noraliyev (1995 y)
16. Bobo-Usmon Boturov (1994 y)
17. Mahmud G‘oyipov (1996 y)
18. Madiyor Saidrahimov (1997 y)
19. Mirzobek Hasanov (1993 y)
20. Rustam Ismoilov (1993 y).
Mavzuga oid
17:56 / 26.05.2025
AQSh 65 yildan so‘ng yana hokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
20:10 / 02.10.2024