Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Android qurilma xotirasi to‘lsa «havoda» yangilana oladi
Amerikaning Google kompaniyasi Android 8 («O»)dasturiy ta'minotiga doir ma'lumotnoma hujjatlarining navbatdagi qismini e'lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda, foydalanuvchilar telefon xotirasida bo‘sh joy qolmagan bo‘lsa ham uning dasturiy ta'minotini amaldagisiga tarmoq orqali «yangilab» olishi mumkin bo‘ladi.
Bu vazifa Android-qurillmaning xotirasini ikki qismga bo‘lish, ya'ni «foydalanuvchi» va «tizimli»ga bo‘lish bilan hal etiladi. Bu o‘ziga xoslik dasturiy ta'minotning 2016 yilda havola qilingan 7-chi namunasida ham joriy qilingan edi.
Avvallari yangilanishlar xotiraning «foydalanuvchi» qismiga yuklanib, so‘ngra «tizimli» qismiga ko‘char edi. Ba'zan «foydalanuvchi» xotirasi to‘liq band bo‘lib, yangilanish fayllariga joy qolmaydi. Tizimning yangi namunasida yangilanish birdaniga «texnik» bo‘limga yuklanadi.
Bunday usul foydalanuvchilarga yangilash chog‘ida xotiraning to‘lib qolishi bilan bog‘liq muammolarni chetlab o‘tishlariga yordam beradi. U, shuningdek, jarayon muddatini ham qisqartiradi: qurilmaning ma'lumotlarni xotiraning u bo‘limidan bu bo‘limiga ko‘chirishiga hojat qolmaydi. Fayllar telefon apparati o‘chirib yoqilganda o‘rnatiladi.
Android 8 («O») dasturiy ta'minoti may oyida Google I/O konferensiyasida namoyish qilingan edi. U 2017 yil uchinchi choragida taqdim etiladi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025