Sport | 08:03 / 08.08.2017
11212
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» «Shapekoense»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

«Barselona» Joan Gamper kubogi uchun uchrashuvda «Shapekoense»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida kechgan bahs 5:0 hisobida yakunlandi.

Gollarni Xerard Deulofeu, Serxio Buskets, Lionel Messi, Luis Suares va Denis Suares kiritdi.

Uchrashuv «Shapekoense» jamoasining aviahalokatga uchragan sanaga bag‘ishlandi. 2016 yilning 29 noyabr kuni Braziliya klubi a'zolari bo‘lgan samolyot Medelinda halokatga uchragandi.

Eslatib o‘tamiz, Joan Gamper kubogi – har yili «Barselona» tomonidan tashkillashtiriluvchi o‘rtoqlik musobaqasi. Sovrin «Barselona» asoschisi – afsonaviy prezidenti Joan Gamper sharafiga nomlangan.

Barselona Ispaniya – Shapekoense Braziliya – 5:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – Deulofeu (6), 2:0 – Buskets (11), 3:0 – Messi (28), 4:0 – Suares (54), 5:0 – D.Suares (74).

Barselona: Ter Stegen (Sillessen, 46), Pike (Marlon, 77), Umtiti (Maskerano, 61), Alba (Din, 77), Vidal (Semedu, 77), Buskets (Samper. 77), Rakitich (Alenya, 77), Inesta (S.Roberto, 61), Messi (Munir, 77), Deulofeu (D.Suares, 46), Suares (Alkaser, 77).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid