Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya fuqarolari ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy ma'lumotlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Britaniyaliklar tez orada Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan ma'lumotlarini o‘chirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi hukumat qonun loyihasida ana shu kabi o‘zgarishlarni ko‘zda tutuvchi bandlar mavjud bo‘lib, bu orqali platforma ma'lumotlar ombori shaxsiy profilda belgilangan o‘zgarishlarni «unutib» yuborish mumkin.
Dushanba kuni shu mazmundagi bayonot bilan nutq so‘zlagan mamlakat Raqamli aloqa vaziri Mett Henkok fuqarolarining ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma'lumotlarini erkin boshqarishda yanada ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi.
Qonun loyihasi 2018 yili may oyidan boshlab kuchga kirishi rejalashtirilgan bo‘lib, u «Umumiy ma'lumotlarni himoyalash dasturi» (GDPR) doirasida faollashtiriladi. Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy ma'lumotlar ombori foydalanuvchining «Foydalanishdagi umumiy qoidalar» shartnomasi bilan tanishib chiqishi bilan yig‘ib boriladi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025