Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google ayollar IT sohada muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytgan xodimni ishdan haydadi
Google kompaniyasi erkaklar texnologik sohaga biologik jihatdan ayollarga qaraganda ko‘proq moyil bo‘lishi haqida ma'lum qilgan katta dasturchini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda The Verge yozmoqda.
Dasturchi Jyeyms Deymor Bloomberg nashriga ishdan bo‘shatilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u «gender qoliplarini saqlab qolgani» uchun ishdan haydalgan.
Deymor «manifesti» - 10 sahifadan iborat hamkasblarga yo‘llangan xat bo‘lib, tez orada ommalashib ketdi. Unda ayollar IT-kompaniyalarda muvaffaqiyatga erishishi va rahbarlik lavozimini egallashi bir qadar mushkul ekani aytiladi. Deymorning iddao etishicha, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi biologik farq Google’dagi gender bo‘yicha ajralish sababidir. Uning ma'lum qilishicha, bu farqni yo‘qotish bo‘yicha sa'y-harakatlar «mafkuraviy xilma-xillikni» yo‘qotmoqda va konservativ qarashlarga zarar yetkazuvchi o‘ziga xos madaniyatni yaratmoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
15:58 / 06.05.2025
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
09:46 / 30.04.2025