Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi har bir ipak qurti yetishtiruvchi korxonada xorijiy investor ishtiroki yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ipakchilik sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida 2020 yilgacha har bir ipak qurti urug‘i yetishtiruvchi zavodda chet ellik investor ishtiroki ta'minlanadi. Shu bilan tizimdagi har bir korxonada Xitoy, Yaponiya yoki Janubiy Koreyadan kelib, doimiy ishlaydigan ikkita xorijiy mutaxassis bo‘ladi. 2020 yilga kelib ipak qurti urug‘ining kamida 50 foizi O‘zbekistonning o‘zida yetishtiriladi. Bu haqda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ayni vaqtda tizimda 200 dan ziyod korxona bo‘lib, uning sal kam qirqtasi qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Kelgusida xorijning malakali mutaxassislari bilan hamkorlik qilinsa, ularning imkoniyati yanada oshadi.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning shu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari O‘zbekistonga ishonchli hamkor sifatida qaramoqda.
Tizimdagi korxona va tashkilotlarga 2023 yilgacha qator imtiyozlar berilgani, xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tufayli qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgan. Zero, pillachilik tarmog‘iga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtiriladi. Davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berish, muddatini uzaytirish, vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va muddatini uzaytirish amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025