Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virtual pullar bozori hajmi 117,7 mlrd dollarga yetdi
Kriptovalyutalar (virtual pul) bozorining jami kapitallashuvi 7 avgust kuni savdolar natijasida rekord ko‘rsatkichga yetib, 117,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Coinmarketcap ma'lumotlari shunday deyishga asos bo‘lmoqda. Bu mazkur bozordagi yangi eng yuqori natija bo‘ldi. Bundan avvalgisi 12 iyunda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda bozor hajmi 116,9 mlrd dollarga yetgan edi. Shu bilan bozor bir haftada birdaniga 30 foizga o‘sdi.
Bozorning keskin o‘sa boshlashi 5 avgust kuni boshladi. O‘sha kuni Bitcoin narxi bir necha soat davomida 3200 dollarlik chegaradan yuqorida turdi. Shu bilan u ham tarixiy eng yuqori qiymatini qayd qildi. 7 avgustning ikkinchi yarmida Bitkoin biroz muddatga 3400 dollarlik chegaradan ham ko‘tarildi.
Bugungi kunda kapitallashuvi bo‘yicha eng yirik kriptovalyuta aynan Bitkoin bo‘lib qolmoqda. Uning bu boradagi ko‘rsatkichi 55,8 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Uning ortidan 25,4 mlrd dollarlik natija bilan efir (kriptovalyuta nomi) bormoqda. Uchinchi o‘rinni 6,9 mlrdlik sarmoya bilan rippl egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rinda Bitcoin Cash. Uning hisobida 4,5 mlrd dollar bor.
Umuman, kriptovalyutalar bozoridagi tebranishlar o‘tgan haftada kuchaya boshladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
17:12 / 14.03.2025
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi
19:31 / 30.12.2024