Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazilmoqda
Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar tomonidan pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta'minlash ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirga ichki ishlar organlari xodimlari bilan birga jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, ko‘cha va uy boshqaruvchilari ham jalb etildi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.
Tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida, tezkor-kriminogen vaziyat chuqur tahlil qilinib, shahar-tumanlardagi 868 ta mahallalar toifalarga ajratildi. Tekshiruvlar dastlab tezkor-kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda o‘tkazildi.
Hozirgi kunda ko‘p qavatli uylar, yerto‘la va chordoqlar, hovli uylari, tashkilot va korxonalar, mehmonxonalar, yotoqxonalar, ta'lim muassasalari, kafe-bar va restoranlar, savdo va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi obektlar, o‘ta muhim toifalangan obektlar xavfsizlik yuzasidan tekshirib chiqildi. O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 4 ming 52 ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.
Shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida profilaktik hisobida turgan ma'muriy nazorat qonuni ta'siri ostiga tushuvchi shaxslardan 30 nafariga nisbatan ma'muriy nazorat o‘rnatildi. Jinoyat sodir etib tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 22 nafar shaxslar ushlandi.
Tadbir davomida aholi bilan xavfsizlik yuzasidan 1744 marotaba uchrashuvlar o‘tkazildi. Amalga oshirilgan ishlar va profilaktik-ogohlantiruv masalalar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali 56 marotaba chiqishlar qilindi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025