Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va AQSh KXDR tahdidiga javoban Koreya yarim oroli yaqinida harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Shimoliy Koreya o‘zining qit'alararo ballistik raketalariga o‘rnatish uchun yadroviy jangovar kallak yaratgan bir paytda, yapon harbiylari AQShning supersonik (tovush tezligida uchuvchi qiruvchi-bombardyor) samolyoti ishtirokida havodagi mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Seshanba kuni oqshomda boshlangan harakatlar Koreya yarimoroli havo chegarasiga yaqin hududda o‘tkazilmoqda.
Yaponiyaning janubiy Kyushu osmonida olib borilayotgan harbiy harakatlarda AQShning ikkita Lancer B-B1 bombardimonchi samolyotlari va Yaponiyaning ikkita F turkumidagi jyet qiruvchilari ishtirok etmoqda.
Bugun, 9 avgust kuni rasmiy Pxenyan bu harakatlarga javoban AQShning Tinch okeani havzasidagi Guam orolini «yo‘q qilib» yuborishini ta'kidlagan.
Ayni shu Amerika orolida B-B1 turkumidagi bombaryorlar saqlanadigan Anderson havo-harbiy bazasi joylashgan.
Mavzuga oid
19:01 / 27.02.2024
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi aksilterror mashg‘ulotlarida ishtirok etadi
19:31 / 07.06.2023
NATO o‘z tarixidagi eng yirik mashqlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
18:38 / 22.04.2023
Yevropada AQSh rahbarligida Defender-23 harbiy mashqlari boshlandi
21:49 / 08.04.2023