Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng kuchli advokatlari mashhur narkobaron El Chapo’ni himoya qiladi
Meksikalik narkobaron Xoakin Gusman (El Chapo) sud jazosidan qutulib qolish uchun dunyoning eng kuchli advokatlar guruhini o‘z himoyasi uchun yolladi. Ular orasida Nyu-York mafiyasining nufuzli rahbari Jon Gottining o‘g‘lini sud zalida muvaffaqiyatli himoya qilgan Mark Fernik va Jyefri Lichman nomlari ham bor.
Gusman dunyodagi eng yirik narko yo‘laklardan birini boshqarishini rad etmoqda, agar bu ayblov isbotlansa, uni AQSh qamoqxonalaridan biridagi jazo muddati kutib turibdi.
60 yoshdagi El Chapo bundan avval ham turli jinoyatlari uchun Meksikada qamoq jazosini o‘tagan, buning ustiga ikki marta jazoni o‘tash joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Birinchi marta u kir yuvish savatchasida, ikkinchi harakatda o‘zi tomonidan qazilgan tunnel yo‘lagi orqali qamoqxonadan qochib ketgan.
Bugungi kunda umumiy moliyaviy qudrati 14 milliard AQSh dollariga tenglashib qolgan Sinaloa karteli aynan Xoakin Gusman tomonidan boshqariladi, degan ayblov bilan u hibsga olingan edi. Ayni paytda u Nyu-Yorkda eng kuchli qo‘riqlanadigan hibsxonalaridan birida ushlab turilibdi.
Mavzuga oid
17:00 / 28.02.2025
Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi
16:48 / 30.06.2023
Turkiyada Interpol qidiruvidagi uyushgan jinoiy guruh ushlandi
14:54 / 07.06.2022
Boshi uchun eng katta pul tikilganlar
18:23 / 02.04.2021